10:33 / 04.04.2023
3387

WSJ jurnalisti himoyasi uning hibsga olinishi ustidan shikoyat qildi

Evan Gershkovichning himoyasi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganidan shikoyat qildi. U Moskva shahar sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Foto: WSJ

The Wall Street Journal (WSJ) jurnalisti, «josuslikda» ayblangan AQSh fuqarosi Evan Gershkovich hibsga olingani ustidan shikoyat qildi. Bu haqda 3 aprel, dushanba kuni Moskvaning Lefortovo tuman sudi matbuot xizmati xabar berdi.

«Sudga Gershkovich himoyasidan hibsga olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash bo‘yicha shikoyat kelib tushdi», — deya sud vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS.

Moskva shahar sudida (Moskva shahar sudi) shikoyatni ko‘rib chiqish sanasi hali belgilanmagan.

Evan Gershkovich Yekaterinburgda qo‘lga olingandi. U Moskvaga olib ketilgan va 30 mart kuni Lefortovo tuman sudi tomonidan «josuslik» moddasi bilan 29 maygacha hibsga olindi. Gershkovich 1986 yildan beri Rossiyada ushbu ayblov bilan hibsga olingan birinchi xorijiy muxbir bo‘ldi.

Federal xavfsizlik xizmati («FSB») jurnalist «Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalaridan birining faoliyati to‘g‘risida davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni to‘plagani»ni da’vo qilmoqda. Rossiya Jinoyat kodeksining «josuslik» moddasi 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi.

Jurnalist Dmitriy Kolezev o‘zining Telegram-kanalida Gershkovich bilan Yekaterinburgga borishidan oldin gaplashganini yozdi. «Suhbatga qaraganda, u hozirgi sharoitda ancha xavfli bo‘lsa-da, odatdagidek jurnalistik ish bilan mashg‘ul bo‘lgan», — dedi Kolezev.

Mavzuga oid
Top