08:59 / 05.04.2023
32739

Jurnalist Sohibjon Alijonov vafot etdi

Taniqli jurnalist, O‘zbekiston MTRKda uzoq yillar davomida ishlagan Sohibjon Alijonov 55 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Foto: Facebook / Sohibjon Alijonov

Sohibjon Alijonovning ayrim shogirdlari ma’lumotiga ko‘ra, taniqli jurnalist yurak xuruji oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
 
Sohibjon Alijonov Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U jurnalistik faoliyatini «Davr» informatsion dasturida boshlagan.

So‘ng uzoq yillar davomida MTRKda turli lavozimlarda ishlagan. «O‘zbekiston24» kanalida direktor o‘rinbosari, bosh muharrir bo‘lgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Axborot-tahlil multimedia markazi» davlat muassasasi direktori sifatida ishlagan.

Unga 2020 yilda prezident farmoni bilan «Do‘stlik» ordeni berilgan.

Mavzuga oid
Top