Shanhaydagi qabristonlarda 15 yildan keyin marhumlarni ko‘mishga joy qolmasligi mumkin
Xitoyning Shanhay provinsiyasida o‘lik uchun joy band qilib qo‘yish o‘rtacha 14 ming dollarga to‘g‘ri keladi.
Xitoyning Shanhay provinsiyasida mayitlarni ko‘mish uchun qabristonlarda joy qolmabdi. Provinsiya ma’muriyatining hisob- kitobiga ko‘ra, aholi sur’ati o‘sishda davom etaversa, 15 yildan keyin hududdagi qabristonlarda joy qolmasligi mumkin. Qabristondan 1ta mayit uchun joy band qilib qo‘yish o‘rtacha 4 ming dollarga tushadi.
Shuning uchun rasmiylar marhumlarning yaqinlaridan mayitni dafn qilishning joy talab qilmaydigan usullarini sinab ko‘rishni so‘rashyapti. Buning uchun ularga turli subsidiyalar ham ajratiladi.
Masalan, oxirgi vaqtda buddist bo‘lmagan aholi ham o‘likni kuydirib kulini dengizga oqizib yuborishga majbur. Yoki o‘likning kulini suvda erib ketadigan ekologik toza idishlar yasab, shunga solib dengizga oqizib yuborishyapti. Hatto Suzhou shahrida mahalliy hokimiyat marhumlarning qarindoshlari uchun maxsus qayiq reyslari tashkil qilib, birgalikda kullarni dengizga oqizish tashabbusi bilan chiqqan. Marosimda qatnashgan aholiga 290 dollar subsidiya ham beriladi. Natijada 2015 yilda mayitlarni yoqishlar 47 foiz bo‘lsa, 2021 yil bu 59 foizga ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun, qabriston yetishmovchiligi muammosiga duch kelgan provinsiya faqat Shanhay emas. Bundan oldinroq Hong Kong, Beijingda ham qabristonlarda joy yetishmovchiligi boshlangan.
Mavzuga oid
13:10 / 28.11.2024
O‘zbekiston hududlari va Shanhay o‘rtasida investitsiyaviy sheriklik kengayadi
14:32 / 22.10.2024
Xitoyda politsiyachi farzandini yo‘qotgan ayol uchun o‘n yildan beri o‘g‘il rolini o‘ynab kelmoqda
10:41 / 20.07.2024
Rossiya qabristonlarni kengaytirish uchun davlat xarajatlarini uch baravar oshirdi
21:13 / 13.05.2024