07:37 / 01.05.2023
6770

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda 2 kishi jarohat oldi

Yunusobod tumanida 3 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat haqida ma’lumot berdi.

Foto: IIBB YHXB

2023 yil 30 aprel kuni soat 21:30 larda Yunusobod tumani THAY ko‘chasida "Lacetti", "Matiz" va "Matiz" rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top