Jahon | 12:38 / 09.05.2023
7664
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik jurnalistlar Pulitser mukofotiga sazovor bo‘ldi

Foto: AP

AQSh jurnalistikasining asosiy mukofoti janglar paytida Mariupolda qolgan ukrainalik jurnalistlarga berildi. The New York Times gazetasi Buchadagi qirg‘in rekonstruksiyasi uchun mukofotlandi.

"Jamiyatga xizmat qilish" eng nufuzli nominatsiyasida 2023 yilgi Pulitser mukofoti ukrainalik hujjatli filmlar rejissyori va videograf Mstislav Chernov, fotograf Yevgeniy Maloletka, prodyuser Vasilisa Stepanenko va Associated Press agentligida ishlaydigan Yevropa muxbiri Lori Xinantga berildi. Bu haqdagi ma’lumot 9 may, seshanbaga o‘tar kechasi mukofot saytida e’lon qilindi.

Chernov, Maloletka va Stepanenko janglar paytida Mariupolda qolgan g‘arb ommaviy axborot vositalarining yagona vakillari edi. Aynan ular Rossiya o‘qlari ostida qolgan Mariupol tug‘uruqxonasidan reportaj e’lon qilishgan. Shuningdek, Yevgeniy Maloletka "Yangiliklar fotosurati" nominatsiyasida Pulitser mukofotini qo‘lga kiritdi - u g‘oliblikni Associated Press'ning boshqa fotosuratchilari bilan bo‘lishib oldi.

Bundan tashqari, The New York Times gazetasi Ukrainaning Bucha shahrida tinch aholining o‘ldirilishi voqealarini chuqur qayta rekonstruksiya qilgani uchun “Xalqaro reportaj” nominatsiyasida mukofotga sazovor bo‘ldi.

Mavzuga oid