21:13 / 13.05.2023
43299

Foto: Prezident boks finalini tomosha qildi

Shavkat Mirziyoyev “Humo Arena”da boks bo‘yicha jahon chempionati final janglarini tomosha qildi, yakunda g‘oliblarga medallar va chempionlik kamarlarini topshirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Humo Arena” sport saroyiga tashrif buyurib, boks bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qildi.

Musobaqada 107 ta mamlakatdan 600 dan ortiq bokschi ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi barcha 13 vazn toifasida qatnashdi. Mezbonlar bugungacha 9 ta medalni naqd qilib bo‘lgan edi.

Davlat rahbari 13 may kuni o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi final janglarini kuzatdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahslarda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauovni, Hasanboy Do‘smatov fransiyalik Bilal Bennamani, Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzolani yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga medallar va chempionlik kamarlarini prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi. Shuningdek, ularga Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan ajratilgan mukofot pullari beriladi.

Musobaqaning so‘nggi kunida yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi. Jahon chempionati 14 may kuni yakunlanadi.

Mavzuga oid
Top