Jamiyat | 15:27 / 26.05.2023
18889
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim abituriyentlardan testga yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida tayyorgarlik ko‘rish so‘raldi

«Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozimligi ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz

Bilimni baholash agentligi tomonidan 2022 yil 28 oktyabrda abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Huquqshunoslik fanlari bo‘yicha tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxatida O‘zbekiston Konstitutsiyasi ham mavjud bo‘lib, unda qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda qonunchilikning asl manbaiga murojaat qilinishi belgilangan.

2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida» konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, 2023 yil 22-23 may kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan tavsiya etilgan huquqshunoslik fanlari bo‘yicha ta’lim beruvchi mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda huquqshunoslik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish masalasi muhokama qilinib, test topshiriqlari o‘quv dasturlariga kiritilgan mavzular doirasida qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi asosida shakllantirilishi maqsadga muvofiq, deb topildi.

«Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozimligi ma’lum qilindi.

Mavzuga oid