O‘zbekiston | 11:00 / 27.05.2023
9526
1 daqiqa o‘qiladi

ID karta olmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira olmaydi 

OTMga hujjat topshirishda faqat ID karta (pasport) va attestat kerak bo‘ladi. Faqatgina shu hujjatlardagi ma’lumotlarni bazaga kiritish yetarli.

Foto: IIV

Abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirishda bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Bu hujjatsiz OTMga kirish uchun elektron ariza topshirib bo‘lmaydi.

OTMga hujjat topshirishda faqat ID karta (pasport) va attestat kerak bo‘ladi. Faqatgina shu hujjatlardagi ma’lumotlarni bazaga kiritish yetarli.

Avvalroq Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming nafari (6 foizi) pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmaganini, tezroq ID karta olish zarurligini eslatgandi.

Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish zarur.

Mavzuga oid