Buxoroda ikki o‘smir o‘zganing «Jiguli»sini yoqib yubordi
Buxoro shahrida o‘zganing avtomashinasini qasddan yoqib yuborgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 26 may kuni taxminan soat 23:30 larda noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, tekin boylik orttirish maqsadida Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasidagi «Qahhorov» o‘quv markazi oldidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida nosoz, qarovsiz qoldirilgan «Jiguli» rusumli avtomashinaning eshiklari ochiqligidan foydalanib, avtomashinaga kirgan.
Mashinaning bar qismidan pul yoki boshqa moddiy qimmatliklarni qidirib, topa olmagan shaxs dalillarni yo‘qotish va o‘zining jinoiy qilmishlarini yashirish maqsadida mashinaga qasddan o‘t qo‘yib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi hamda 173-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi 13 yoshli Q.S. hamda 14 yoshli R.Sh. oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib sodir etgani aniqlangan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
12:33 / 13.12.2024
Buxoroda 2,6 mln dollarlik kriptoaktivlar bilan savdo qilgan 17 yoshli o‘smir ushlandi
10:24 / 02.12.2024
Buxoro viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:41 / 30.11.2024