10:59 / 06.06.2023
5172

Maskning miya chiplari ishlab chiqayotgan Neuralink kompaniyasi 5 mlrd dollarga baholandi

Miyaga joylashtirish uchun chiplar ishlab chiqaruvchi Ilon Mask asos solgan Neuralink kompaniyasining qiymati 5 milliard dollarga yetdi, deb xabar qildi Reuters. Ikki yil avval startap 2 milliard dollarga baholangan edi, biroq Neuralink AQSh hukumati uning texnologiyasini odamlarda sinovdan o‘tkazishni ma’qullaganini e’lon qilgunga qadar bu mablag‘ bir nechta shaxsiy tranzaksiyalar tufayli o‘sdi. 

Foto: AP

Ilon Mask asos solgan, miyaga joylashtirish uchun chiplar yaratuvchi Neuralink startapi qiymati qariyb 5 milliard dollarga yetdi, deb yozadi Reuters besh xabardor manbaga tayanib. 

Ushbu qiymat kompaniya AQSh regulyatorlari uning texnologiyasini odamlar tomonidan sinovdan o‘tkazishni ma’qullaganini ma’lum qilishidan oldin, Neuralink aksiyalari bo‘yicha so‘nggi bir necha oy ichida amalga oshirilgan shaxsiy bitimlarga asoslanadi. Maskning startapi ikki yil avval xususiy investitsiyalar raundida deyarli 2 milliard dollarga baholangan edi, deya qayd etadi Reuters. 

Sinovlar tasdiqlangach, Neuralink investorlarga kompaniyaning qimmatli qog‘ozlarini 7 milliard dollarga, ya’ni har bir aksiya uchun 55 dollarga sotib olishni taklif qildi, deb yozadi agentlik o‘z qo‘liga tushgan elektron xatga tayanib. Biroq, Reuters agentligi investorlarning birortasi Neuralink aksiyalarini bunday shartlar asosida sotib olishga rozi bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlay olmadi. 

26 may kuni Neuralink AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasidan (FDA) o‘zining birinchi klinik sinovini o‘tkazish uchun ruxsat olganini e’lon qildi. Kompaniya klinik sinovlar uchun ko‘ngillilarni jalb qilish jarayoni hali boshlanmaganini ta’kidladi. 

Mavzuga oid
Top