09:56 / 08.06.2023
3124

Muhim axborot infratuzilma obektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash choralari belgilandi

Prezident tomonidan “O‘zbekiston muhim axborot infratuzilmasi obektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Endilikda kiberxavfsizlikka mas’ul bo‘lgan xodimlarni lavozimga tayinlash va ozod etish haqida ma’lumot DXXga taqdim etiladi. Shuningdek ushbu xodimlar har 3 yilda DXX tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Muhim axborot infratuzilmasi – muhim strategik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining, axborot tizimlari va tarmoqlar va texnologik jarayonlar resurslarining majmui.

Hujjat bilan muhim axborot infratuzilmasi (MAI ) obektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda. Unga ko‘ra, quyidagilar kiberxavfsizlik tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

MAI obektlarida qayta ishlanadigan ma’lumotdan noqonuniy foydalanish, uni o‘chirib tashlash, o‘zgartirish, bloklar (cheklash), nusxa olish, taqdim qilish, tarqatish va shu kabi kiberxavfsizlikka tahdid soluvchi boshqa noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish;
ma’lumotni qayta ishlashning apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalariga MAI obektlari ishining buzilishi va (yoki) to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik;
MAI obektlari faoliyatini telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot resurslari va hayot faoliyati tizimini zaxiralash orqali tiklash.

Top