14:52 / 10.06.2023
15434

Toshkentda yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining test-drayvi: dinamik dizayn va intellektual texnologiyalar

Foto: Chery Arrizo 6 Pro

6–7 iyun kunlari Toshkentda OAV vakillari va blogerlar uchun yangi Chery Arrizo 6 Pro modelining test-drayviga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida avtomobilning asosiy afzalliklari haqida ma’lumot berildi.

Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblanuvchi Roodell kompaniyasi tadbir ishtirokchilari va potensial xaridorlarga yangi Arrizo 6 Pro modeli bilan tanishish, uning afzalliklari va xususiyatlaridan xabardor bo‘lish imkonini beruvchi tadbir tashkil etdi. Avtomobilga bo‘lgan yuqori qiziqish va test-drayv ishtirokchilarining ijobiy fikrlari hisobga olinganda, Chery Arrizo 6 Pro O‘zbekiston bozorida o‘z xaridorlarini topib, avtomobil ishqibozlari orasida mashhurlikka erishadi, deb taxmin qilish mumkin.

Chery Arrizo 6 Pro'ning asosiy afzalliklari:

Dinamik dizayn

Chery dizaynerlari Arrizo 6 Pro modelini yaratishda mashina to‘xtab turgan paytda ham harakatlanayotgandek tasavvur uyg‘otuvchi konsepsiyadan foydalangan. Bunga e’tiborni oldinga jalb qiladigan chiziqlar va kuzov formasining muvaffaqiyatli kombinatsiyasi yordamida erishilgan. Arrizo 6 Pro sport avtomobili ko‘rinishiga ega, shu sababli mashina osma tizimi qulay harakatlanish uchun moslashtirilgan.

Arrizo 6 Pro'ning ichki qismi yuqori sifatli materiallar va yumshoq plastmassa bilan jihozlangan. Bundan tashqari, avtomobilda ko‘p funksiyali charm rul, elektroprivodli oyna va ko‘zgu, old o‘rindiqlarda esa avtomatik konditsioner va isitkich o‘rnatilgan.

Kelajak texnologiyalari

Arrizo Pro'da to‘liq raqamlashtirilgan boshqaruv paneli, katta sensorli ekranga ega multimedia sistemasi, shuningdek, atrofni ko‘rsatuvchi kamera va ko‘rish imkoniyati cheklangan hudud monitoringiga ega xavfsizlik va haydovchiga yordam tizimining so‘nggi avlodidan foydalanilgan.

Samarali dvigatel

Mashina shahar va magistral yo‘llari sharoitida yaxshi dinamika va tejamkorlikni ta’minlaydigan 1,5 litrli turbo dvigatel hamda yuqori quvvat va yonilg‘i tejamkorligini ta’minlaydigan CVT25 variatori bilan jihozlangan. Shuni alohida ta’kidlash kerak, Arrizo Pro'da harakatlanish uchun Eco va Sport rejimlari mavjud.

Xavfsizik

Chery Arrizo 6 Pro keng ko‘lamli xavfsizlik funksiyalarini taklif etadi, 360 gradusda atrof-muhitni ko‘rish tizimi (HD kamera), LDW chiziqdan chiqish to‘g‘risida ogohlantirish, BSD ko‘rish imkoniyati cheklangan hudud monitori, LCA chiziqlarni o‘zgartirish bo‘yicha yordamchi, LKA chiziqni ushlab turish yordamchisi, adaptiv ACC kruiz nazorati, FCW oldindagi to‘qnashuv xavfidan ogohlantirish hamda AYeB avtonom favqulodda tormozlash tizimlari shular jumlasidan.

Shuningdek, Arrizo 6 Pro kuchli quvvat uzatuvchi va ilg‘or transmissiya bilan jihozlanganiga e’tibor qaratish lozim, bu esa uni o‘z sinfidagi eng ishonchli va samarali avtomobillardan biriga aylantiradi.

OAV vakillari uchun test-drayv

 

Tadbir doirasida OAV vakillari va blogerlar avtomobilni harakat vaqtida sinab ko‘rish, uning haydash ko‘rsatkichlari va boshqaruvi, shuningdek, salonning qulayligi va ovoz izolyatsiyasi darajasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Chery Arrizo 6 Pro test-drayv ishtirokchilarida ijobiy taassurot uyg‘otdi va mehmonlar kutganidan ham yaxshiroq natija ko‘rsatdi. Ayrim blogerlar Arrizo 6 Pro'ni o‘z segmentidagi raqobatdosh avtomobillar bilan ham solishtirib, Chery’ning yangi modeli O‘zbekiston bozorida mashhur bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega degan xulosaga keldi.

Tadbir so‘ngida Chery brendining xitoylik vakillari bilan jonli teleko‘prik asosida uchrashuv o‘tkazildi va ular jurnalistlarning savollariga javob berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Arrizo 6 Pro hozirda mavjud bo‘lgan 6 ta asosiy ranglardan tashqari keyinchalik katta ranglar palitrasini ham taqdim etishi mumkin.

 

Chery Arrizo 6 Pro'ni ishlab chiqishdan avval xaridorlarga eng qulay avtomobilni taqdim etish uchun juda ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazdi. Chery ushbu mahsulot “har bir kun uchun ishonchli hamkor” bo‘lib xizmat qilishi mumkinligiga umid qiladi. O‘zbekiston aholisi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida avtomobil boshqarish va undan zavqlanishni xohlovchilar ortib borayotganini tushunamiz. Arrizo 6 Pro'ning zamonaviy ko‘rinishi go‘zallik va modaga intilishni ifodalaydi hamda mashinaning tezligi va sport rejimi imkoniyatlari unutilmas taassurotlar beradi, deydi Chery bosh shtabi vakili.

Ayni damda Arrizo narx-navo nisbati bo‘yicha O‘zbekiston bozoridagi raqobatchilaridan ustun ekanligini qo‘shimcha qilish kerak.

Chery Arrizo 6 Pro 1 iyun kuni shartnoma tuzish uchun sotuvga chiqarildi. Avtomobillar Chery kompaniyasining barcha rasmiy dilerlik markazlarida, shuningdek, Samarqand Darvoza va Compass mall savdo markazlarida taqdim etilmoqda.

Chery’ning O‘zbekistondagi barcha dilerlik tarmoqlarida Arrizo 6 Pro uchun bepul test-drayv xizmati mavjud.

Bepul test-drayvga yozilish uchun ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin:

71 276 55 55 yoki https://t.me/cheryuzbekistanbot Telegram-boti orqali.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Website https://cheryauto.uz/

Instagram https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram https://t.me/cheryuzbekistan

Facebook https://www.facebook.com/CheryUzbekistan/

YouTube https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Reklama

Top