12:43 / 13.06.2023
21160

Toshkentda istirohat bog‘idagi attraksiondan ikki kishi yiqilib tushdi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi «Anhor-Lokomotiv» bog‘ida joylashgan attraksiondan ikki kishi yiqilib tushdi, ular kasalxonaga yotqizilgan. Ular xavfsizlik kamarlarini taqmagan.

Foto: Milliy gvardiya

Joriy yilning 12 iyun kuni tungi soat 22:10 lar atrofida Shayxontohur tumanida joylashgan ko‘ngilochar bog‘ida 24 yoshli B.E va 30 yoshli T.M. bog‘da joylashgan «Melnitsa» attraksionida uchish chog‘ida xavfsizlik kamarlarini taqmagani oqibatida attraksion harakatlanayotgan chog‘ida yiqilib tushgan.

Mazkur bog‘da xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari zudlik bilan yetib kelib, chaqirtirilgan tez yordam kelguniga qadar ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan.

Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga yetib kelgach xodimlar ularga ko‘mak berib, fuqarolarni Chilonzor tumanida joylashgan Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga kuzatib qo‘yishgan.

Top