18:49 / 15.06.2023
28135

Toshkent viloyatida o‘quvchi qiz rasmga tushish paytida daryoga qulab, halok bo‘ldi 

9-sinf o‘quvchisi ehtiyotsizlik oqibatida sirpanib, daryoga tushib ketgan. 

Foto: Videodan kadr

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida o‘quvchi qiz rasmga tushayotganda Ugom daryosiga tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda «Millar» teledasturida xabar berildi. 

Qayd qilinishicha, hodisa 11 iyun kuni yuz bergan. Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi maktabning 9-sinf o‘quvchilari o‘qituvchisi bilan tog‘ga dam olgani chiqqan. O‘quvchi qizlardan biri rasmga tushish uchun tosh ustiga chiqqan va ehtiyotsizlik sabab suvga tushib, oqib ketgan. Biroz o‘tgach, uning jonsiz tanasi suvdan topilgan. 

Maktab direktori so‘zlariga ko‘ra, tog‘ga sayohat o‘quvchilarning ota-onalari tashabbusi bilan tashkil qilingan. Sayohatga sinfdan faqat 6 nafar o‘quvchi chiqqan. Direktor, shuningdek, o‘quvchilar tog‘ga yakshanba kuni chiqqanini, maktab imtihonlari bir necha kun oldin tugab, o‘qituvchi va o‘quvchilarga ta’til berilganini bildirgan. 

Holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv ishlari Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. 

Mavzuga oid
Top