10:37 / 19.06.2023
12160

Toshkentda mashinasiga antenna o‘rnatib, axloqsiz so‘z ishlatgan shaxsning otasiga chora ko‘rildi

Avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro “Matiz” rusumli avtomashinasiga ruxsat etilmagan antenna qurilmasini o‘rnatib, axloqsiz so‘z ishlatgani aks etgan videolavha tarqaldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi uning otasiga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.

Bildirilishicha, ushbu holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilganda, harakatlarni Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 2007 yilda tug‘ilgan fuqaro J.D. sodir etgani aniqlangan. 

J.D.ning otasi, 1984 yilda tug‘ilgan K.Yu.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) hamda 125-moddasi 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Top