08:08 / 24.06.2023
11659

Toshkentda TDIUga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6500 dollar olgan shaxslar ushlandi

Toshkent va Farg‘onada o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Foto: Tergov departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Bektemir tuman bo‘lim tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro L.T. va boshqalar fuqaro B.X.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departament hamda DXXning Farg‘ona tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro Sh.A. fuqaro F.M.ni qo‘shni Qirg‘iziston davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yib, keyinchalik o‘qishini tanishlari yordamida Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chirib berish evaziga 1400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top