12:28 / 01.07.2023
27348

Navoiyda «Kobalt» kuchli suv to‘lqini tufayli To‘dako‘l suv omboriga oqib ketdi

Suv ombori qirg‘og‘ida turgan avtomobilni kuchli suv to‘lqini oqim bilan ichkariga olib kirgan.

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida «Kobalt» avtomobili suv omborida suzib yurgani to‘g‘risida ma’lumot tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy axborot berdi.
 
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 20 iyun kuni soat 13:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l suv omborida Buxoro viloyatida tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan oq rangli «Kobalt» avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida suv omboriga oqib ketgan. 

Aniqlanishicha, suv ombori qirg‘og‘ida turgan avtomobilni kuchli suv to‘lqini oqim bilan ichkariga olib kirgan.

Ushbu vaziyat bo‘yicha FVVga ma’lumot kelib tushmagan va voqea joyidagi fuqarolar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Top