08:18 / 03.07.2023
66372

O‘zbekistonda keyingi uzoq dam olish kunlari qachon kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bu yil Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar ketma-ket besh kun dam oldi.

O‘tgan yilning dekabr oyida prezident rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2023 yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Keyinchalik, joriy yilning 20 aprel kuni davlat rahbari yangi farmoni bilan yuqoridagi hujjatga o‘zgartirishlar kiritdi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun 2 sentabr (shanba) qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

Shu tariqa, sentabr oyida o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi:

- 2023 yil 1 sentabr (juma) - dam olish kuni;
- 2023 yil 2 sentabr (shanba) - olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 2023 yil 3 sentabr (yakshanba) taqvim bo‘yicha dam olish kuni.

Mavzuga oid
Top