07:50 / 04.07.2023
4488

Gazlangan va gazlanmagan suvlarni majburiy raqamli markirovkalash muddati uzaytirilmoqda

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan gazlangan hamda gazlanmagan suvlar va ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash muddatini 2024 yil 1 martdan kiritishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Muqaddam majburiy raqamli markirovkani 2023 yil 1 iyuldan kiritish haqida qaror qabul qilingan edi.  

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2023 yildan kuchga kirdi.

Top