13:10 / 04.07.2023
7668

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishi va o‘qitish tili bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan bakalavriat va magistraturaning davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti:

  • jami: 127 ming 259 ta;
  • budjet: 34 ming 930 ta;
  • kontrakt: 92 ming 329 ta.

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti:

  • jami: kontrakt asosida 49 ming 78 ta;
  • o‘zbek: 42 ming 577 ta;
  • rus: 6 ming 501 ta;

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti:

  • jami: kontrakt asosida 11 ming 125 ta;
  • o‘zbek: 9 ming 455 ta;
  • rus: 1 ming 670 ta.

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti:

  • jami: kontrakt asosida 2 ming 825 ta;
  • o‘zbek: 1 ming 995 ta;
  • rus: 830 ta.
Mavzu
Qabul-2023
2022/23 o‘quv yili uchun ixtisoslashgan va prezident maktablari, kollejlar, texnikumlar, bakalavriat va magistraturaga qabul hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangiliklar.
Barchasi
Top