12:28 / 04.07.2023
29816

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023-2024 o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.

Ta’lim sohasida o‘tish balli 94 ballni, san’at - 80, humanitar fanlar (tillardan tashqari) - 94, tillar - 94, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar - 105, jurnalistika va axborot - 105, biznes va boshqaruv - 105, huquq - 140, biologik va turdosh fanlar - 80, atrof-muhit - 94, fizika va tabiiy fanlar - 80 hamda matematika va statistika - 94 ballni tashkil etadi.

Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasida o‘tish balli 94 ballga teng. Shuningdek, muhandislik ishi - 75, ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari - 75, arxitektura va qurilish - 75 ballga teng. Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliq xo‘jaligi - 70, veterinariya - 60, sog‘liqni saqlash - 129, ijtimoiy ta’minot - 94 ball. 

Mavzu
Qabul-2023
2022/23 o‘quv yili uchun ixtisoslashgan va prezident maktablari, kollejlar, texnikumlar, bakalavriat va magistraturaga qabul hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangiliklar.
Barchasi
Top