O‘zbekiston | 08:43 / 06.07.2023
5021
2 daqiqa o‘qiladi

Misr O‘zbekistonda paxta, bug‘doy va sholi yetishtirish imkoniyatini o‘rganmoqchi

Joriy yilning 6-7 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «O‘zbekiston agrar oziq-ovqat sektorida iqlim o‘zgarishi: tahdidlar, imkoniyatlar, barqaror muhitni yaratish» mavzucidagi xalqaro konferensiyada misrlik olimlar ishtirok etadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu xalqaro anjumanda Misr Paxta tadqiqotlari instituti direktori o‘rinbosari Abir Samir va Sahro hududini o‘rganish markazi direktori o‘rinbosari Somiy as-Said qatnashadi.

Tadbirda misrlik mutaxassislar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda mamlakat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda erishilgan yutuqlar haqida ma’ruza qilishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonda paxta, bug‘doy va sholi yetishtirish, yuqori hosildorlikka ega bo‘lgan ushbu o‘simliklarning yangi navlari bilan tanishtirish hamda sohada ikki mamlakat olimlarining hamkorlik aloqalari yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Davlat rahbarining joriy yil 20-21 fevral kunlari Misrga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish maqsadida O‘zbekiston va Misr qishloq xo‘jaligi vazirliklari hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha ikki mamlakat olimlari o‘rtasida hamkorlik yanada jadallashmoqda.

Mavzuga oid