O‘zbekiston | 11:01 / 09.07.2023
13899
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 100 yoshli otaxon saylov uchastkasiga o‘zi borib ovoz berdi

U saylovga 95 yoshli turmush o‘rtog‘i va 15 nafar oila a’zosi bilan birgalikda borgan.

Surxondaryoliklar ham muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishmoqda. Saylov uchastkalaridan saylovchilarning qadami uzilmayapti.

Hatto nuroniy otaxonlar-u onaxonlarning o‘zlari oila a’zolari bilan saylov uchastkasiga kelib, o‘z nomzodiga ovoz berishmoqda.

Jumladan, viloyatning Denov tumanida joylashgan 690-saylov uchastkasida Chim mahallasida yashovchi, 100 yoshni qarshilagan Xurram bobo Eshqobilov ovoz berdi. U saylovga 95 yoshli turmush o‘rtog‘i Urpiya momo Eshqobilova hamda 15 nafar oila a’zosi bilan birgalikda tashrif buyurgan.

Saylov uchastkasiga raisi Jamshid Pardayevga ko‘ra, mazkur  uchastkada 2 423 nafar fuqaro saylovida ovoz berishi uchun ro‘yxatga olingan. 116 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.

Mavzuga oid