12:32 / 10.07.2023
31241

Eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgan OTM ma’lum qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 9 iyul holatiga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berdi.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 316 976 nafarni tashkil etmoqda.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

o‘zbek tili — 273 385 nafar;
rus tili — 36 216 nafar;
qoraqalpoq tili — 6 213 nafar;
boshqa tillar — 1 162 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

kunduzgi ta’lim shakli — 212 917 nafar;
kechki ta’lim shakli — 8 128 nafar;
sirtqi ta’lim shakli — 93 437 nafar;
masofaviy ta’lim shakli — 2 494 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTM (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

O‘zbekiston milliy universiteti — 12 287 nafar;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 10 098 nafar;
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 10 046 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 864 nafar;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 9 719 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:

Samarqand viloyati — 32 852 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 30 169 nafar;
Toshkent viloyati — 29 328 nafar;
Andijon viloyati — 28 463 nafar;
Farg‘ona viloyati — 25 313 nafar.

Top