07:40 / 13.07.2023
28718

2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni ma’lum qilindi

2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Kun.uz

2023 yil 12 iyul holatiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 465 393 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili  — 402 742 nafar;
  • rus tili  — 50 336 nafar;
  • qoraqalpoq tili  — 10 844 nafar;
  • boshqa tillar — 1 471 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • kunduzgi ta’lim shakli — 311 097 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 11 848 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 139 154 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakli — 3 294 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTM (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 18 023 nafar;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 14 220 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 14 217 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti — 14 199 nafar;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 13 808 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

  • Samarqand viloyati — 55 169 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 51 167 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 43 916 nafar;
  • Toshkent viloyati — 42 152 nafar;
  • Andijon viloyati — 40 523 nafar.
Mavzu
Qabul-2023
2022/23 o‘quv yili uchun ixtisoslashgan va prezident maktablari, kollejlar, texnikumlar, bakalavriat va magistraturaga qabul hamda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yangiliklar.
Barchasi
Top