10:38 / 13.07.2023
33746

G‘azalkentda qotillikda gumon qilingan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida Toshkent shahar Olmazor tumanida qotillik sodir etganlikda gumon qilingan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari odamlarni mashinadan chiqarib, yerga yiqitgani aks etgan video tarqaldi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, video 26 iyun kuni Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida tasvirga tushirilgan. 

Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida sodir etilgan qotillikda gumon qilingan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan. 

Tezkor-qidiruv tadbirlari davom etayotgani bois, voqea yuzasidan batafsil ma’lumot oshkor qilinmaydi, deya qo‘shimcha qildi IIV vakili. 

Top