Bilasizmi, bu yil davlat dasturlariga ko‘ra, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida yangi uy-joylar qurish hajmi yiliga 90 minggacha oshirish nazarda tutilgan.

Bu yilgi qahraton qish va -30 darajadagi anomal sovuq sharoitida ko‘pchilik uy egalari hattoki yangi qurilgan uylarda gaz bosimi va elektr tarmoqlar quvvatlari vaqtincha past bo‘lgani sababli ancha qiyin ahvolga tushib qolishdi.

Hattoki isitish qozonlari o‘rnatilgan uylarda ham ahvol deyarli turlicha bo‘ldi. Ko‘pchilikning bu masalaga e’tiborsizligi ham sovuqda qolib ketishiga sabab bo‘ldi.

Afsuski, bunday kutilmagan vaziyatda “yevroremont”, sifatli yumshoq mebellar, qimmatbaho qandillar, noyob dizayn ishlovlari ham ko‘zga ko‘rinmaydi hatto.

Esingizdami, eskilar “Uy tanlama, qo‘shni tanla” deyishardi. Bugunga kelib uylarini sovuq urgan mijozlar “ko‘zi ochilib”, kayfiyatlari va talablari ham anchagina o‘zgargan. Shuning uchun ham bu gapning boshqacha talqini dolzarb bo‘lib qoldi, ya’ni “Uy tanlama, ishonchli isitish tizimini tanla” deyishga majbur bo‘ldik.

Bugun yangi turar joyga ega bo‘layotgan va o‘z uyini issiqda saqlash niyatida bo‘lgan va mijozlar uchun isitish qozonlari bozorida xilma-xil takliflar mavjud va ular bir biridan narxi, sifati, ishonchliligi, qulayligi, texnologiya darajasi va boshqa mezonlarga ko‘ra keskin farq qiladi.

Shuning uchun ham ko‘p qavatli turar joy, va jozibasi oshib borayotgan kottejlarni barpo etayotgan qurilish kompaniyalari aynan bu masalaga jiddiy e’tibor qaratadigan zamon keldi.

Maqsad bir - mijozlar ehtiyojini to‘liq qondirish va qurilayotgan inshootlarga isitish qozonlarni tanlashda adashmaslik.

Bunga bir misol ham keltirish o‘rinli deb hisoblaymiz va “nemis sifati”ni o‘zida aks etuvchi ishonchli va so‘nggi o‘n yildan ortiq yuqori talabga ega bo‘lgan Viessmann kompaniyasining Vitodens 050 va Vitodens 100-W isitish qozonlariga e’tibor qaratishga majbur bo‘ldik.