09:19 / 17.07.2023
17560

Meksika – KONKAKAF oltin kubogi sohibi

KONKAKAF kubogi finalida Meksika milliy jamoasi Panama ustidan g‘alabaga erishdi.

Foto: Getty Images

Hal qiluvchi uchrashuvning 88-daqiqasida Santyago Ximenes tomonidan kiritilgan yagona gol Meksikaga turnir tarixidagi 12-g‘oliblikni keltirdi. 

Shu tariqa, «atsteklar» bu boradagi rekordni yangilashdi.

KONKAKAF oltin kubogi. Final
Meksika – Panama 1:0

Gol: 1:0 – 88 Ximenes.
Meksika – Ochoa, Sanches, Montes, Vaskes, Galyardo, Reyyes, Alvarado, Sanches, Chaves, Alvares, Romo, Ximenes, Pineda, Antuna, Martin.
Panama – Anderson, Londoño, Moskera, Kammingz, Eskobar, Andrade, Devis, Godoy, Karraskilya, Uotermen, Kintero, Barsenas, Dias, Faxardo.

Mavzuga oid
Top