O‘zbekiston | 08:07 / 18.07.2023
6370
1 daqiqa o‘qiladi

6 oyda 19 mingga yaqin xotin-qizlarga himoya orderi berilgan 

Himoya orderi berish natijasida 7965ta oilani yarashtirishga, 9720ta oilada nizoni bartaraf etishga erishilgan. 

O‘tgan olti oyda 18704 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi berilgan. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Himoya orderi berish natijasida 7965ta oilani yarashtirishga, 9720ta oilada nizoni bartaraf etishga erishilgan. 

Hozirgi kunda O‘zbekiston psixologlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda mahalla xotin-qizlar faollarida oilalar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarning oldini olish, xotin-qizlarga huquqiy-psixologik yordam ko‘rsatish borasida psixologik bilimlarini shakllantirish maqsadida 2023 yilning 24 iyul kunidan boshlab barcha hududlarda seminar-treninglar o‘tkazilishi belgilandi.

Mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotli bo‘lmagan 12 563 nafar xotin-qizlardan arizalar qabul qilingan, belgilangan mezonlar asosida 11 992 nafariga tavsiyanoma berilgan.

Mavzuga oid