07:31 / 20.07.2023
19592

Shavkat Mirziyoyev Umra amallarini bajardi

Davlat rahbari lavozimiga saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev muqaddas Makka shahriga bordi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

19 iyul - islom olamida boshlangan hijriy 1445 yil muharram oyining birinchi kunida davlat rahbari ehromga kirib, Umra amallarini bajardi. Ka’batullohning ichida namoz o‘qish sharafiga muyassar bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev din arkonlariga muvofiq Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita sa’y qildi. Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi, barcha fuqarolar, yosh avlod baxt-u iqboli va yorqin kelajagini tilab duolar qilindi.

Aynan shu kuni Ka’baning kisvasini almashtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning avgust oyida Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi chog‘ida Umra ibodatini ado etgandi.

Mavzuga oid
Top