10:22 / 21.07.2023
4995

Yashnobod tumanining bir qismida elektr ta’minoti uzildi

Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 21 iyul kuni soat 06:45da Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi «Hosilot» podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida tumanning Aviasozlar, Katta Yangiobod, Elbek, Birlashgan, Donishmand, Asalobod mahallalari elektr ta’minotidan uzilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Top