18:58 / 27.07.2023
14395

David Silva faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

«Real Sosedad» klubi yarimhimoyachisi David Silva professional faoliyatini yakunladi.

Foto: Getty Images

Ispaniyalik 37 yoshli yarimhimoyachi jiddiy jarohatidan keyin futbolchilik faoliyatiga yakun yasashga qaror qilganini e’lon qildi. Silva yaqinda jarohat olgach, uzoq muddatga safdan chiqishi ma’lum bo‘lgandi.

«Valensiya» va «Manchester Siti»dagi faoliyati bilan tanilgan, Ispaniya milliy jamoasida muvaffaqiyatli o‘yinlar namoyish etgan Silva karerasi davomida jami 869 o‘yinda maydonga tushib, 156ta gol, 226ta assist va 20dan ortiq sovrinlarga ega chiqqan.

Jumladan, Silva 4 karra APL chempioni, 2 karra Angliya kubogi, 5 marta Angliya liga kubogi g‘olibi, Ispaniya kubogi sohibi, jahon chempioni va 2 karra Yevropa chempioniga aylangan.

Mavzuga oid
Top