O‘zbekiston | 20:42 / 27.07.2023
8798
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident maktabiga hujjat topshirganlar yana ikkita maktabga hujjat topshirishi mumkin

Talabgorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

2023-2024 o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirgan talabgorlarga o‘zlari tanlagan maktabdan tashqari yana ikkita maktabga hujjat topshirishi uchun imkoniyat yaratildi. 

Ya’ni, talabgor Prezident maktabiga hujjat topshirish bilan birga, tayanch ixtisoslashtirilgan maktab va o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari kirish imtihonlarida qatnashishi mumkin. 

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida o‘quvchilar uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:

- zamonaviy yotoqxona bilan ta’minlanadi;

- yotoqxonada qoladigan o‘quvchilar 1 kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;

- darsdan so‘ng, to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;

- turli xil sport turlari bilan shug‘ullanadi;

- o‘quvchilarga sun’iy intellekt, robototexnika, IELTS, TOEFL va SAT bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etiladi;

- 10- va 11-sinf o‘quvchilarining amaliyoti yaqin hududlardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida o‘tkaziladi. 

Shuningdek, Prezident maktablari kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida o‘z hududidagi o‘zlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida o‘qish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinishi mumkin.

Mavzuga oid