09:14 / 05.08.2023
8111

Toshkentda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalari harakati cheklanishi mumkin

Toshkent shahar IIBB tomonidan shaharda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalarining harakatlanishini cheklash masalasi o‘rganilmoqda. Ushbu qarorning joriy etilishi, jumladan, poytaxt aholisiga bog‘liq bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

IIBB o‘zining telegram-kanalida shu mavzuda so‘rovnoma o‘tkazyapti. Yuk avtomobillarining harakati ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha va kechki soat 17:00 dan 20:00 gacha vaqt oralig‘ida cheklanishi mumkin.

Ayni paytda so‘rovda 4,4 mingdan ortiq kishi qatnashgan, ularning 89 foizi taqiqqa rozi. 

Bu birinchi shunday tashabbus emas. Ilgari shahar hokimligi ushbu cheklovni bir necha bor, yanada qattiqroq variantda, ya’ni yuk mashinalari Toshkentga faqat tungi vaqtda kirishi bo‘yicha joriy etishga urinib ko‘rgandi, biroq cheklovlar kiritilmadi.

Mavzuga oid
Top