Superliga 15-turining markaziy uchrashuvi Toshkentda «Paxtakor» va «Neftchi» o‘rtasida kechdi.
Vodiylik muxlislarning olqishlari ostida o‘tgan poytaxtdagi «O‘zbek klasikosi»da ham «Neftchi» amaldagi chempionni mag‘lub etishga erishdi. O‘yin taqdirini Diyor Turopovning 69-daqiqada kiritgan goli hal qildi.
Shu tariqa, «Neftchi» 31 ochko bilan shuncha ochkoga ega «Paxtakor»ni ortda qoldirib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Qayd etish joiz, Vitaliy Levchenko murabbiyligidagi Farg‘ona klubi o‘z maydonida ham Shatskix shogirdlaridan ustun kelgandi.
Tribuna.uz muxbiri Hasan Yusupov azaliy raqiblarning bellashuvidan fotojamlanma tayyorladi.