07:55 / 08.08.2023
7254

Nuland Nigerda to‘ntarish uyushtirganlarni «Vagner» xavfi haqida ogohlantirdi

AQSh Davlat departamenti boshlig‘i birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchining so‘zlariga ko‘ra, u isyonchilarga «Vagner» XHK mamlakatga kirganda xavfsizlik va inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishini eslatgan.

Foto: Igor Russak/Reuters

Vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga yordam berish uchun hozirda Nigerda bo‘lgan AQSh Davlat departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Viktoriya Nuland 7 avgust, dushanba kuni general Mussa Salau Barmu va mamlakatda hokimiyatni egallab olganlar orasidan uch polkovnik bilan ikki soatlik uchrashuv o‘tkazdi. Keyinchalik uning aytishicha, video-aloqa orqali o‘tkazilgan qisqa matbuot anjumanida u suhbatdoshlariga «Vagner» XHK jangchilarini Nigerga taklif qilish xavfi haqida ogohlantirgan.

AFP muxbirining AQSh bilan munosabatlarda to‘ntarish uyushtirganlar nimaga umid qilayotgani va suhbat chog‘ida Rossiya bilan munosabatlar mavzusi ko‘tarilganmi, degan savoliga javob berar ekan, Nuland shunday dedi: «Albatta, men bu masalani ko‘targanman. «Vagner» XHKning mamlakatlarga tahdidi, «Vagner» mamlakatga kirishi bilan xavfsizlik, inson huquqlari holati yomonlashishini eslatdim».

Keyinchalik matbuot anjumanida Nuland yana bir bor ta’kidlashicha, u «bu yerda xatti-harakatlarni amalga oshirgan odamlar» «Vagner» XHK mamlakatga taklif qilinsa, suverenitetga qanday xavf kelib chiqishi mumkinligini yaxshi tushunayotgan bo‘lishi mumkin.

To‘ntarish uyushtirganlar va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi munosabatlarga to‘xtalib, Nuland general Barmu Amerika maxsus kuchlari bilan bir necha yillar davomida yaqindan hamkorlik qilganini eslatdi. «Shuning uchun biz hamkorligimizning tarixiy jihatdan uni juda xavotirga solgan jihatlari bo‘yicha batafsil gaplasha oldik. Shuning uchun u buni tushunadi deb umid qilamiz», dedi u. 

Mavzu
Nigerdagi davlat to‘ntarishi
27 iyul kuni Nigerda prezident gvardiyasi rahbari Abdurahmon Chiani boshchiligidagi harbiylar mamlakat prezidenti Muhammad Bazumani hokimiyatdan chetlatdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top