11:01 / 08.08.2023
6781

O‘zbekiston - Qozog‘iston maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Qozog‘istonning «Oymasha» poligonida O‘zbekiston - Qozog‘iston Mudofaa vazirliklarining hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bir necha kun davom etadigan o‘quvlar harbiy bo‘linmalarning vazifalari ko‘rib chiqildi.

Foto: mudofaa.uz

Hamkorlikdagi taktik o‘quv mashg‘ulotlarida boshqa davlatlar armiyasi bilan tajriba almashish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli keskin vaziyatlarga doimo shay turish, eng so‘nggi texnologiyalar yordamida harbiy xizmatchilar ko‘nikmalarini muntazam oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Bugun ikki davlat harbiy bo‘linmalari yakka va guruh tarkiblariga ajratilib, o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi. 

O‘quv mashg‘ulotlari doirasida harbiy xizmatchilar majmuaviy-taktik hamda uzoq masofaga yurish mashqi, jismoniy tayyorgarlik, 45 kilometr masofaga to‘liq jangovar holatni qabul qilgan holatda yugurish, taktik-tibbiy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tadi.

Mavzuga oid
Top