07:32 / 09.08.2023
2038

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri prezident maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov davlat rahbari maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

«O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti janoblari bilan samimiy va samarali uchrashuv o‘tkazdik», –deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning kengayayotgan investitsiyaviy salohiyatini dunyo miqyosida yanada targ‘ib qilishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning keng ko‘lamli kun tartibi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Suma Chakrabarti 2020 yil 1 oktyabrdan buyon O‘zbekiston prezidentining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallab kelmoqda. U 2012 yil iyulidan 2020 yil iyuligacha Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki prezidenti lavozimida ishlagan.

Top