11:34 / 12.08.2023
16357

Erkin Muhiddinov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi 

Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Bugun, 12 avgust kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari 86-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, sessiya ishida O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi G‘ofur Mirzayev va Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Abdurasul Abdullayev Ohangaron tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.

Erkin Muhiddinov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi.

E.Muhiddinov 1976 yili Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan.  Ma’lumoti oliy, 1997 yili Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, 2000 yili Bank-moliya akademiyasi, 2007 yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti oliy maktabini (Yaponiya) tamomlagan.

Erkin Muhiddinov ushbu tayinlovga qadar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

Top