07:27 / 15.08.2023
2513

Polshaning eng yirik shaharlari ko‘chalarida O‘zbekiston sayyohlik salohiyati namoyish qilinmoqda

Polshaning eng yirik Varshava va Gdansk shaharlarida elektron reklama ekranlari vositasida O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyatlari haqidagi reklama videosi namoyishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Videomaterial 14 soat davomida soatiga 10 marotaba namoyish etilayotgani holda shaharlar ahlini O‘zbekistondagi ko‘hna shaharlarning tarixiy- me’moriy yodgorliklari, tabiiy landshaftlari va mamlakat poytaxtining zamonaviy qiyofasi bilan tanishtirmoqda.

Polsha poytaxtidagi elektron reklama ekranlarining bir kunlik auditoriyasi taxminan 500 ming kishini, Gdansk shahrida esa 100 ming kishini tashkil qiladi.

Videomateriallar joriy yilning 10 sentabriga qadar har kuni namoyish qilinadi. Ushbu loyiha O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi tomonidan mamlakat sayyohlik salohiyatini Polshada keng targ‘ib etish maqsadida ishlab chiqildi.

Mavzuga oid
Top