Yangiyo‘l tumaniga hokim tayinlandi
Nurafshon shahri kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelgan Odiljon Ataullayev Yangiyo‘l tumani hokimi etib tayinlandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Odiljon Qosimovich Ataullayev Xalq deputatlari Yangiyo‘l tumani kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Odiljon Ataullayev 1980 yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008 yil Andijon davlat universitetini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar Nurafshon shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelayotgandi.
Yangiyo‘l tumaniga 2020 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Ulug‘bek Yalgashev 2023 yil avgust oyi boshida prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi vaqtida o‘tkazilgan videoselektorda ishdan olingandi.
Xalq deputatlari Yangiyo‘l tumani kengashining 17 avgustdagi navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev qatnashib, hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir dolzarb masalalarga to‘xtaldi. Xususan, tumanda 7900 nafar ishsiz aholi borligi, 12 ming aholi xorijda migrant ekani qayd etildi.
Hokim nutqi davomida tuman hokimining birinchi o‘rinbosarini (Erali Abdurasulov)ni lavozimiga loyiq emas, deb hisoblashini bildirib, vazifasidan ozod qilishni tavsiya etdi.
«Yangiyo‘l tumani hokimligida o‘rinbosarlarni paypoqdek almashtirish urfga kirgan. Ikki yilda 7 ta qurilish bo‘yicha o‘rinbosar almashdi. Biroq qurilish sohasi shu bilan tartibga tushmadi. Bu juda og‘riqli holat», dedi Mirzayev.
Uning qayd etishicha, maktabgacha ta’limga bolalar qamrovi bo‘yicha tuman viloyatda oxirgi o‘rinda bormoqda. Shuningdek, tuman g‘alladan bo‘shagan yerlarni yoqib yuborish bo‘yicha eng oldinda ekani (171 gektar), hosildorlik ham rejadagidan pastligi ko‘rsatib o‘tildi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

18:31 / 11.03.2025
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

14:43 / 11.03.2025
O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

19:30 / 04.03.2025