07:33 / 18.08.2023
2405

O‘zbekistonda o‘rtacha 358 nafar aholiga bir shifokor to‘g‘ri kelyapti 

Bir nafar shifokorga qancha aholi to‘g‘ri kelishi haqida ma’lumot berildi.

2023 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda bir nafar shifokorga o‘rtacha 358 nafar aholi to‘g‘ri keladi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar bo‘yicha bir shifokorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha aholi soni eng ko‘p Surxondaryo viloyatida qayd etilgan – 558 nafar.

Undan keyingi o‘rinlardan bir shifokorga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha aholi soni mos ravishda 529 nafar hamda 497 nafar bo‘lgan Qashqadaryo viloyati va Namangan viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Jizzax viloyati – 485 nafar;
  • Toshkent viloyati – 457 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 450 nafar;
  • Farg‘ona viloyati – 444 nafar;
  • Andijon viloyati – 402 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 365 nafar;
  • Samarqand viloyati – 362 nafar;
  • Xorazm viloyati – 349 nafar;
  • Navoiy viloyati – 333 nafar;
  • Buxoro viloyati – 307 nafar;
  • Toshkent shahri – 123 nafar.
Top