21:08 / 19.08.2023
15695

Hongkongda memlardagi mashhur it nobud bo‘ldi

Foto: Bolsining Instagram sahifasi.

18 avgust kuni Hongkongda siba-inu zotidagi mashhur it Bolsi o‘ldi. Bu haqda itning Instagram'dagi sahifasida uning egalari xabar qildi.

12 yoshli Bolsi operatsiyadan keyin nobud bo‘lgan. Bu it 2020 yil internetda mashhur bo‘lgan Doge va Chimsa itlari haqidagi memdan keyin mashhur bo‘lib ketgandi. O‘sha memda aynan Bolsi tasvirlangandi.

O‘sha mashhur mem

«Xafa bo‘lmang, Bolsi dunyoga taqdim etgan shodlikni eslab quvoning. Murakkab pandemiya vaqtida uning samimiy tabassumi ko‘pchilikka xursandchilik ulashgandi. Aftidan, uning missiyasi tugagan ko‘rinadi», deb yozishdi Bolsining egalari uning sahifasida.

It betob bo‘lib qolgach, uning muxlislari operatsiya uchun pul yig‘ishni boshlashgandi. Bolsining egalari ortgan pullar mahalliy hayvonlar boqiladigan tashkilotlarga berilishini ma’lum qilgan. Pandemiya vaqtida mashhur bo‘lgan itning Instagram'da o‘z sahifasi bor va unga 664 ming o‘quvchi obuna bo‘lgandi.

Top