19:42 / 22.08.2023
6546

O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksporti kamaydi

Xitoy tomoniga ko‘ra, mamlakat 2023 yilning 7 oyi davomida O‘zbekistondan salkam 295 mln dollarlik gaz import qilgan. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42 foizga kam.

Joriy yilning dastlabki 7 oyi davomida O‘zbekistondan Xitoyga umumiy qiymati 295,3 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilingan. Bu haqda Xitoy bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlarida keltirilgan.

2023 yilning yanvar-iyul oylarida Xitoyga gaz eksport qilish ko‘rsatkichlari:

  • Aprel – 40,47 mln dollar;
  • May – 78,16 mln dollar;
  • Iyun –85,27 mln dollar;
  • Iyul – 91,39 mln dollar.

O‘tgan yilning mos davrida Xitoyga eksport hajmi umumiy hisobda 505,87 mln dollarni tashkil qilgan. Bu joriy yildagi ko‘rsatkichlardan 41,6 foizga ko‘p. Qisqarish yanvar-mart oylarida O‘zbekiston gaz eksportini amalga oshirmagani bilan bog‘liq.

Xitoyga gaz qanday narxlarda import qilinishi haqidagi ma’lumotlarni har ikkala tomon ham ochiqlamagan. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida gaz qazib olish hajmi 23,56 mlrd kub metrni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,51 mlrd kub metr (2022 yilning yanvar-iyun oylarida 26,07 mlrd kub metr bo‘lgan) yoki 9,6 foizga qisqargan.

Mavzuga oid
Top