10:10 / 23.08.2023
13774

BRICS forumida Putinning murojaati o‘zgartirilgan ovoz bilan berildi

Nima uchun bunday qilingani noma’lum. Kremlning rasmiy veb-saytida murojaat original ovozda berilgan.

Foto: RIA Novosti

Vladimir Putin 22 avgust kuni BRICS biznes-forumi ishtirokchilariga videomurojaat bilan chiqdi. U Janubiy Afrikaning Yohannesburg shahrida BRICS davlatlarining asosiy sammitidan oldin bo‘lib o‘tmoqda.

Kreml guruhidagi jurnalistlarga ko‘ra, biznes-forumda prezidentning murojaati rus tilida boshqacha ovozda dublyaj qilingan. Nima uchun bunday qilingani noma’lum.

Kremlning rasmiy veb-saytida murojaat original ovozda berilgan.

Vladimir Putin BRICS sammitida shaxsan ishtirok etishdan bosh tortgan. Avvalroq, Xalqaro jinoyat sudi uni hibsga olishga order bergan edi.

Mavzuga oid
Top