10:10 / 24.08.2023
11278

BRICS sammitida xavfsizlik xizmati Si Jinping yordamchisini to‘xtatib qoldi (video)

Xitoylik amaldor Si ortidan kech qolgan va unga yetib olishga urinib, soqchilarda shubha uyg‘otgan.

Foto: Reuters

Janubiy Afrikadagi BRICS sammitida xavfsizlik xizmati Si Jinping yordamchisini to‘xtatib qoldi.

Videoga ko‘ra, xitoylik amaldor Si ortidan kech qolgan va unga yetib olishga urinib, soqchilarda shubha uyg‘otgan. O‘z navbatida soqchilar uni darhol ushlab qolishgan va zalning eshigini yoishgan.

Si Jinping negadir sammitning ochilish marosimini o‘tkazib yubordi. Uning bayonotini Xitoy savdo vaziri o‘qib eshittirdi.

Mavzuga oid
Top