Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi
Mukofot YuNeSKO bilan hamkorlikda sun’iy idrok sohasida odob-axloqni targ‘ib etish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirishga qaratilgan.
«Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNeSKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida» prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, YuNeSKO bilan hamkorlikda sun’iy idrok sohasida odob-axloqni targ‘ib etish orqali ilmiy muloqotni rag‘batlantirish bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNeSKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etish hamda Parij shahridagi YuNeSKO bosh qarorgohida 2023 yil 4–8 sentabr kunlari Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish belgilandi.
2022 yilda «Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida»gi prezident qarori ham qabul qilingan edi.
Unda, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Parij ko‘rgazmasiga taqdim etish uchun dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar nusxalaridan iborat maxsus katalogning ingliz va o‘zbek tillarida chop etilishini ta’minlash ham belgilab qo‘yilgan edi.
Mavzuga oid
13:48 / 05.12.2024
Rubob yasash butunjahon madaniy merosi deb e’tirof etildi
19:28 / 11.10.2024
Alfraganus universiteti YuNeSKOning 10-Ta’limda tadbirkorlik APEID Kengashi yig‘ilishiga mezbonlik qildi
19:25 / 26.09.2024
YuNeSKO O‘zbekistondagi G‘arbiy Tyan-Shan ekotizimiga xavf solayotgan tahdidlar haqida ogohlantirdi
12:51 / 24.06.2024