O‘zbekiston | 13:20 / 30.08.2023
9883
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarning yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi

Ustavda maktab ma’muriyati (direktor va o‘rinbosarlarning) vazifalari, pedagog xodimlarning huquqi va majburiyatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirildi.

Foto: Kun.uz

Prezidentning «Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, maktab ta’limi tizimida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yangi tahrirdagi namunaviy ustavi tasdiqlandi.

Yangi tahrirdagi maktab ustaviga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

  • «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, prezident farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirildi;
  • maktab direktorlarini tayinlash tartibi (Direktorlar kengashi);
  • maktab ta’limida raqamlashtirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
  • sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi;
  • o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish;
  • inklyuziv ta’lim jarayonlari.

Ustavda maktab ma’muriyati (direktor va o‘rinbosarlarning) vazifalari, pedagog xodimlarning huquqi va majburiyatlari bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirildi.

Barcha maktab ma’muriyatlari mazkur namuna asosida maktab ustavlarini yangilab olishi hamda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.

Mavzuga oid