00:13 / 03.09.2023
29242

Ulug‘bek Rashidov - ketma-ket ikki bor Gran-Pri turnirida g‘olib bo‘lgan ilk o‘zbek taekvondochisi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Parij shahrida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kuni O‘zbekiston milliy jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashidov oltin medalni qo‘lga kiritdi. U murosasiz kechgan final jangida braziliyalik Edivak Pontes ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 

Ta’kidlash kerakki, Rashidov bu bilan ketma-ket ikki bor Gran-pri turnirida g‘alaba qozongan ilk o‘zbek taekvondochisiga aylandi. Ulug‘bek 3 oy avval Rim Gran-prisida ham zafar quchgandi.

Mavzuga oid
Top