21:04 / 04.09.2023
20079

«Sevilya» Ramos qaytganini e’lon qildi

Serxio Ramos La Ligaga qaytdi.

Foto: Sevilya

«Sevilya» klubi rasmiy sayti ispaniyalik 37 yoshli himoyachi 18 yildan keyin erkin agent sifatida jamoaga qaytganini e’lon qildi.

Ramos yozda «PSJ»ni tark etgach, hozirga qadar erkin agent sanalardi. U Turkiya klublari va «Al-Ittihod» bilan muzokara olib borgan bo‘lsa-da, yakunda sobiq klubi sanalmish «Sevilya»ga qaytishga qaror qilgan. 

U 2005 yilda «Sevilya»dan «Real» safiga o‘tgan edi.

Mavzuga oid
Top